Stomatologiya institutida fakultetlar soni oshdi

Prezidentning 30.10.2017 yildagi PF–5216-son  «O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi farmoni e`lon qilindi.

Norma.uz’ning yozishicha, hujjat bilan Toshkent davlat stomatologiya instituti tashkiliy tuzilmasining yangi tahriri tasdiqlandi. Endi unda 5 ta fakultet ko’zda tutilgan:

•  Stomatologiya fakulteti;
•  Bolalar stomatologiyasi fakulteti;
•  Tibbiy-pedagogika fakulteti;
•  Davolash fakulteti;
•  Malaka oshirish fakulteti.

Eslatib o’tamiz, muqaddam 3 ta fakultet faoliyat ko’rsatar edi: stomatologik jarrohlik, stomatologik terapiya va bolalar stomatologiyasi.

Bundan tashqari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor lavozimi joriy etildi. Barcha tuzilmaviy bo’linmalarining shtatlari soni va xodimlar kategoriyalari qonunchilik tomonidan oliy  ta`lim muassasalari uchun o’rnatilgan me`yorlar bilan aniqlanadi. Muqaddam boshqaruv xodimlari soni hamda bo’limlar, kafedralar va boshqa xodimlar soni aniq raqamlar bilan belgilab qo’yilgan edi.

 

 

Manba: KUN