Pokistonda o’z xohishiga qarshi turmushga chiqqan ayol eri va yana 12 kishini zaharlab o’ldirdi

Pokistonning Muzaffargoh (Panjob viloyati) shahri politsiyachilari Asiya Bibi ismli ayolni qo’lga olishdi, u turmush o’rtog’ining oila a`zolarini zaharlab o’ldirishda gumonlanmoqda. Bu haqda BFMTV xabar berdi.

Tergovchilar ma`lumotiga ko’ra, u zaharni sutga qo’shib qo’ygan, biroq turmush o’rtog’i uni ichmagan. Shunda aralashma lassa – bu joylarda mashhur bo’lgan ichimlik ko’rinishidagi yogurtni tayyorlash uchun ishlatilgan. Ichimlik uning erining katta oilasiga mo’ljallangan.

Natijada 13 kishi halok bo’ldi, 14 inson shifoxonada qolmoqda. «Biz Asiya Bibi, uning xolasi va tanishi bo’lgan erkakni hibsga oldik», — deya ma`lum qildi mahalliy politsiya vakili Uvays Ahmad. Uning so’zlariga ko’ra, ayolning xolasi jinoyatning tashkilotchisi va tashabbuskori bo’lgan. Erkak esa gumonlanuvchining jazmani hamda jinoyatning hamishtirokchisi sifatida tilga olinmoqda.

Politsiyachilarning fikricha, qotillikka qo’l urishga qaror qilgan ayol o’z xohishiga qarshi turmushga berilgan, u tomonidan amalga oshirilgan jinoyat esa o’ziga xos qasosga aylangan.