OAV: KXDRda yadroviy sinov maydonidagi tunnel o’pirilishi tufayli 200 kishi halok bo’ldi

Shimoliy Koreyadagi yadroviy sinov poligonida tunnelning o’pirilishi oqibatida taxminan 200 kishi halok bo’ldi, deb xabar bermoqda «Ryonxap» Yaponiya OAV ma`lumotlariga tayangan holda.

Ta`kidlanishicha, taxminan 100 kishi yadroviy sinov poligonidagi qurilishi bitmagan tunnel o’pirilib tushganida to’silib qolgan, hamda yana 100 inson qutqaruv amaliyotini o’tkazish davomida halok bo’lgan bo’lishi mumkin. Hodisa qachon yuz bergani xabar qilinmayapti.

Avvalroq Janubiy Koreya meteorologiya agentligi rahbari KXDRdagi navbatdagi yadroviy sinov poligonning o’pirilishi hamda radiatsion sizib chiqishga sabab bo’lishi mumkinligi haqida ma`lum qilgandi.

 

Manba: KUN