«Beyl bortdan tashqarida». Zidan «Tottenhem» qarshi o’yinga 3 yetakchi futbolchini olib ketmadi

«Real» klubi Chempionlar Ligasining 4-turidan o’rin olgan «Tottenhem»ga qarshi safar o’yinida maydonga tushishi mumkin bo’lgan futbolchilar ro’yxatini e`lon qildi.

«Real» tarkibiga jarohati borligi tufayli darvozabon Keylor Navas, himoyachi Rafael Varan va hujumchi Garet Beyl kiritilmadi.

Himoyachi Dani Karvaxal yuragidagi muammodan qutulib, ayni paytda tiklanish mashg’ulotlarini bajarmoqda. Isko esa kichik jarohatidan xalos bo’lgan va o’yinga tayyor.

«Real»ning to’liq tarkibi quyidagicha:
Darvozabonlar: Kasilya, Moa
Himoyachilar: Valexo, Ramos, Nacho, Marselo, Ernandes, Ashraf
Yarimhimoyachilar: Modrich, Isko, Kroos, Kazemiro, M. Lorente, Asensio, Sebalos
Hujumchilar: Ronaldu, Benzema, Mayoral, Vaskes

«Tottenhem» – «Real» o’yini 2 noyabr kuni soat 00:45da boshlanadi.

 

Manba: KUN