Britaniyalik ayol 189 o’rinli samolyotda bir o’zi parvoz qildi

Glazgodan Gretsiyaning Krit oroliga amalga oshirilgan oddiy parvoz Keron Griv uchun hayotidagi eng unutilmas sayohatga aylandi. Britaniyalik ayol Jet2 byudjyet aviakompaniyasining 189 o’rinli laynerining yagona yo’lovchisi bo’ldi.

57 yoshli yozuvchi ayol, kulinariya kitoblari muallifi atigi 46 funt sterlingga chipta xarid qilgan, shunday bo’lsa-da, u to’rt soatlik parvozni 189 o’rinli samolyotning VIP-mijozi sifatida o’tkazgan.

Ro’yxatdan o’tish chog’ida ayolga mazkur reysga atigi uch kishi talabgor bo’lganini aytishgan. Biroq kutilgan ikki hamroh nima uchundir aeroportga kelmagan.

Keronning ta`kidlashicha, bortda unga yuqori darajali xizmat ko’rsatilgan. Havo kemasi komandiri tovushli aloqa orqali unga ismi bilan murojaat qilgan va samolyot qaysi mamlakatlar uzra parvoz qilayotgani haqida so’zlab bergan. Bundan tashqari, Griv hatto bortdagi tushlik uchun ham pul to’lamagan.

«Hatto yuklarimni kutishga ham hojat qolmadi — uni naq samolyot zinapoyasining tagiga keltirib berishdi. Shunisi ajablanarliki, qaytishda samolyotning barcha o’rindiqlari to’lgan», — deydi Griv jurnalistlarga.

Jet2 — Britaniya aviakompaniya-loukosteri. Buyuk Britaniyaning 10 aeroportidan dunyoning 14 mamlakatiga parvozlarni amalga oshiradi. Aviakompaniya vakillarining aytishicha, yagona yo’lovchi uchgan reys mavsumdagi so’nggi reys bo’lgan, ekipaj a`zolarining bari yo’lovchiga VIP-servis taqdim etish imkoniyatidan xursand bo’lishgan.