“Lex.uz” saytida qonun hujjatlari lotin yozuvida ham e’lon qilinadigan bo‘ldi

2017-yil 20-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusi bilan Yuristlar malakasini oshirish markazida “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashning huquqiy asoslari” mavzusida seminar tashkil etildi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z blogida ma’lum qildi.

Seminarda normativ-huquqiy hujjatlarni chop etishning rasmiy manbai maqomi berilgan “Lex.uz” milliy bazasida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Xususan, 25-sentabrdan “Lex.uz” mutlaqo yangi va qulay dizaynda ishga tushadi, qonun hujjatlari lotin grafikasida ham e’lon qilinadi, xorijiy investorlar tomonidan eng ko‘p talab etiladigan 16 ta kodeks (ya’ni barchasi) va 40 ta qonunlar ingliz tili versiyasida chop etiladi.

Shuningdek, bundan buyon yangi qabul qilingan normativ hujjatlar bir kun muddatda “Lex.uz” saytida Pdf formatida joylashtiriladi hamda normativ-huquqiy hujjatlarga kirgan o’zgarishlar uch kun ichida saytda aks etadi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *