O‘zbekistonda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash uchun arizalar qabul qilish boshlandi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 20-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, 15-iyuldan 5-avgustga qadar talabalar o‘qishini ko‘chirish va kuzgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.

“Xushnudbek.uz”ning ma’lum qilishicha, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1-iyuldagi buyrug‘iga binoan, O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta hududiy Ishchi guruhlar o‘z faoliyatini boshladi.

Arizalar quyidagi OTMlarda hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi:

  • Hudud — Mas’ul OTM nomi — OTM rektori, Ishchi-guruh rahbari
  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Qoraqalpoq davlat universiteti — Reyimov A.K.
  2. Andijon viloyati — Andijon davlat universiteti — Yo‘ldoshev A.
  3. Buxoro viloyati — Buxoro muhandislik- texnologiya instituti — Muhamedxonov U.
  4. Jizzax viloyati — Jizzax politexnika instituti — Usmonqulov A.Q.
  5. Qashqadaryo viloyati — Qarshi davlat universiteti — Shoimqulov B.A.
  6. Navoiy viloyati — Navoiy davlat konchilik instituti — Sanaqulov Q.
  7. Namangan viloyati — Namangan davlat universiteti — Umarov A.V.
  8. Samarqand viloyati — Samarqand davlat universiteti — Xolmurodov R.I.
  9. Sirdaryo viloyati — Guliston davlat universiteti — Zokirov B.S.
  10. Surxondaryo viloyati — Termiz davlat universiteti — Haydarov M.E.
  11. Farg‘ona viloyati — Farg‘ona politexnika instituti — Otaqulov O.X.
  12. Xorazm viloyati — Urganch davlat universiteti — Abdullayev B.I.
  13. Toshkent shahri va Toshkent viloyati — Toshkent davlat pedagogika universiteti — Sharipov Sh.S.

Hududiy ishchi guruhlar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba — dam olish kuni; shanba — soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

Manba: Daryo

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *